Germaniyada tibbiy ta’lim olmoqchisiz, ammo qayerdan ishonchli ma’lumot olishni bilmayapsizmi. Brueder Grimm Akademie siz uchun allaqachon kerakli va ishonchli ma’lumotlarni jamladi! Germaniyadagi oliy tibbiy ta’lim sifati dunyo bo’yicha yetakchi o’rinni egallagani hech kimga sir emas.
Maqolamizda ushbu mavzularni yoritib berishga harakat qilamiz:
- Umumiy ma’lumotlar
- O’qish uchun ariza topshirish va qabul jarayoni
- Tibbiy ta’lim strukturasi
- Diplomi O’zbekistonda qabul qilinadigan Germaniya OTM lar
Umumiy ma’lumotlar
- 2023-yil holatiga jami 42 ta Germaniya OTM larida tibbiy ta’lim mavjud.
- Kassel School of Medicine dan boshqa universitetlarda tibbiy ta’lim to’liq nemis tilida bo’ladi. Bu universitet nodavlat bo’lib, tibbiy ta’lim ingliz tilida.
- Qabul kvotalarning 8-11% qismi chet el talabalari uchun ajratiladi. Bu, taxminan, jami Germaniya tibbiy ta’limi hisobida 500-800 o’rinni tashkil qiladi.
- O’qitish uslubi uch xil uslubda bo’lib o’tadi: Regelstudiengang – klassik o’qitish tizimi, Modelstudiengang – modulyar tipdagi o’qitish tizimi, Reformstudiengang – reformlashtirilgan o’qitish tizimi, ya’ni yuqoridagi ikkisini umulashtirilgan o’qitish tizimi.
- Talabalar talabalik davridayoq doktorlik ishini boshlash va himoyalash huquqiga egalar!
- Tibbiyot yo’nalishlari uchun kirish imtihonlari yo’q
- Qabul asosan oxirgi ta’limning (litsey, institut) o’rtacha bahosiga qarab olib boriladi. Oxirgi yillarda chet el talabalariga o’qishga qabul qilinish uchun o’rtacha baho 4,9-5,0
- Ba’zi universitetlar o’rtacha bahodan tashqari Test AS natijalarini va qaysi davlatdan kelib chiqishingizni ham inobatga oladi.
Ariza topshirish
Ariza topshirish ikki uslubda amalga oshiliriladi:
- Uni-assist bilan hamkorlikda ishlaydigan universitetlar uchun hujjatlar Berlinda joylashgan Uni-Assist tashkilotiga jo’natiladi. Uni-Assist hujjatlarni qabul qilib, ularni universitetlarga kamchiliklarsiz jo’natish bilan shug’ullanuvchi tashkilot. Yana bir foydali tarafi bir marta hujjat tayyorlab Uni-Assist ga jo’natilsa, bir vaqtni o’zida bir necha universitetlarga ariza topshirish imkonini beradi. Bu tashkilotning xizmat narxi birinchi universitet uchun 75 yevro va qolganlari uchun 30 yevro.
- Uni-Assist bilan hamkorligi yo`q universitetlarga hujjatni to’g’ridan-to’g’ri Universitetning qabul komissiyasiga jo’natiladi. Hujjatlar topshirish asosan bepul bo’ladi.
Uni-Assist bilan hamkorligi bor tibbiy oliy o’quv yurtlari:
- Universität Heidelberg
- Universität Ulm
- Friedrich-Alexander-Universität
- Erlangen-Nürnberg (FAU)
- Technische Universität München
- Charité Universitätsmedizin Berlin
- Universität Hamburg
- Goethe-Universität Frankfurt am Main
- Universität Gießen (JLU Gießen)
- Philipps-Universität Marburg
- Universität Greifswald
- Universität Rostock
- Medizinische Hochschule Hannover
- Universität Duisburg-Essen
- Universität zu Köln
- Universität des Saarlandes
- Universität Leipzig
- Technische Universität Dresden (TU Dresden)
- Martin-Luther-Universität Halle-Wittenberg
- Otto-von-Guericke-Universität Magdeburg
- Christian-Albrechts-Universität zu Kiel
- Universität zu Lübeck
- Friedrich-Schiller-Universität Jena
Qaysi hujjatlar topshirilish lozimligi to’g’risida batafsil ma’lumotlar tegishli Universitetda mavjud bo’lgan international office dan olish mumkin. International office elektron pochta manzilini universitetning rasmiy veb-sahifasidan topishingiz mumkin. Odatda yuborilgan e-mailga 2 ish kuni davomida javob berishadi. Universitet talab qilgan hujjatlarni yig’gach, Uni-Assistga yuborish bosqichi boshlanadi.
Uni assistga hujjat topshirish 6 bosqichda amalga oshiriladi:
- Vorab informieren – oldindan ma’lumot yig’ish (tegishli universitetdan kerakli hujjatlar ro’yxatini so’rash, yuqorida yozilgandek)
- Bewerbung planen – hujjat topshirish muddatlarini tegishli Universitetdan aniqlash. Odatda qishki semestr uchun 15-yanvar, yozgi semestr uchun 15-iyulgacha hujjatlar yuborilgan bo’lishi shart
- Dokumente sammeln – kerakli hujjatlarni talab qilinadigan shaklda yig’ish
- Online bewerben – Uni-Assist saytida online ro’yxatdan o’tish
- Kosten zahlen – Uni-Assist to’lovlarini vaqtida to’lash
- Abschicken & Verfolgen – hujjatlarni pochta orqali Uni-Assist manziliga jo’natish va javobni kuzatish
Ko’p hollarda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- Pasport nusxasi
- Nemis tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan maktab, litsey shahodatnomalari
- Yurtingizda oliy ta’limni boshlab qo’ygan bo’lsangiz, fanlar va baholar ko’rsatilgan ilova
- Til sertifikati (TestDaf, DSH, Goethe sertifikatlari)
- Boshqa qo’shimcha hujjatlar: Tarjimai hol, TestAS va boshqalar
Tibbiy ta’lim strukturasi
Bu 6 yil, ya’ni 12 semestrdan iborat bo’lib, 1-4- semsetrlarda Klinik oldi bosqichi va amaliyot (birinchi yordam kursi; o’rta tibbiyot xodimi lavozimida 3 oy) bo’ladi. Birinchi davlat imtihoni (M1 Physicum) bo’lib o’tadi.
5-10-semestrlarda Klinik bosqich va amaliyot (4 oylik shifokorlik amaliyoti) bo`ladi. Ikkinchi davlat imtihoni o’tkaziladi.
11-12-semestrlarda Amaliyot bosqichi va amaliyot yili bo`ladi. Uchinchi davlat imtihoni o’tkaziladi.
Diplomi O’zbekistonga to’g’ridan-to’g’ri o’tadigan Germaniya Universitetlari ro’yxati (tibbiy ta’lim):
Techische Universitat Muenchen
Charite- Universitatmedizin Berlin
Technische Universitat Dresden
Medizinsche Hochschule Hannover