Maqolalar

Germaniyadagi bepul top universitetlar

Ayni vaqtda aksariyat talantli va bilimdon abiturientlarimiz moliyaviy muammolar ya’ni pul muammosi bilan chet davlatlardagi sifatli ta’limdan bahramand bo’la olmaganlariga ko’p guvoh bo’lamiz. Biroq Siz ham sifatli, ham bepul bo’lgan universitetlarni izlayotgan bo’lsangiz Germaniyadan topishingiz mumkin.
Keling shunday universitetlar bilan tanishib chiqamiz:

1. Technical University of Munich – QS World University Rankings 2024  da dunyo bo’yicha 37, Germaniya bo’yicha 1-o’rinda. Ushbu universitet bepul bo’lib, atigi 85 -120 euro atrofida semestr uchun to’lanadigan administrativ to’lov mavjud.

2. Ludwig-Maximillians-Universität München – QS World University Rankings 2024 da dunyo bo’yicha 54, Germaniyada 2-o’rinda. Bu universitet ham bepul, faqatgina semestriga 250-400 euro atrofida qabul, imtihon va registratsiya to’lovlari bor.

3. Universität Heidelberg – QS World University Rankings 2024 da dunyo bo’yicha 87, Germaniyada 3-o’rinda. Bu universitetda ayrim fakultetlarda o’qish bepul va ayrimlari semester uchun 1500 euro atrofida.

4. Freie-Universität Berlin – QS World University Rankings 2024 da dunyo bo’yicha 98, Germaniyada 4-o’rinda. Bu universitet ham tekin. Semestr uchun 320 euro atrofida administrativ to ‘lov to’lanadi.

5. Humboldt-Universität zu Berlin – QS World University Rankings 2024 da dunyo bo’yicha 120, Germaniyada 5-o’rinda. Bu universitet ham bepul. Semestr uchun 40 euro qabul va 300 euro administrativ to’lovlar bor.

Hali bu qatorni RWTH Aachen University, KIT, Karlsruher-Institut für Technologie, Technische Universität Berlin (TU Berlin) , Albert-Ludwigs-Universität Freiburg, Universität Hamburg va yana boshqa universitetlar bilan boyitish mumkin.

Quyidagi Germaniyadagi sohangizga ko’ra bepul va sifatli universitetlarni topshingiz mumkin:

1. Tibbiyot
2. Farmatsevtika
3. Elektr muhandisligi
3. Sanoat muhandisligi
4. Material muhandisligi
5. Mexanik muhandislik
6. Axborot texnologiyalari (IT)
7. Nemis tili va adabiyoti

8. Arxitektura

Xoʻsh, bu universitetlarda oʻqiy olmayman, talablari koʻp deysizmi? Aslo yoʻq! Ular soʻraydigan narsalardan bor yoʻgʻi bu yaxshi baholar va til sertifikati. Ayrimlari nemis tili soʻramaydi. Lekin aksariyat qismi nemis tili sertifikatini talab qiladilar. Sertifikat olish uchun tayyorlov kurslarida qisqa vaqt mobaynida oʻqib nemis tilidan B2 yoki C1 til sertifikatini bir yilga ham qolmay olishingiz mumkin.

Germaniyada 390 dan ortiq rasman tan olingan universitetlar va ularning minglab o’quv kurslari mavjud. Myunxen va Berlin dunyoning eng sharoiti yaxshi 20 ta shaharlari qatoridan joy olgan.

Qanday qilib hujjat topshiraman deysizmi? Bu juda ham oson. Ayrim universitetlar oʻzlarining websaytlaridan hujjat topshirishingizni talab qiladi. Ammo universitetlarning juda koʻp qismi Uni-Assist orqali topshirishingizni soʻraydi. Sizdan atigi baholar, til sertifikati va shahodatnoma soʻraladi.

Germaniyadagi top bepul universitetlarda o`qish uchun visa olish jarayoni haqida ushbu maqolalamizda batafsil bilib oling.

Kelajagingiz uchun eng yaxshisini tanlang!

Back to list

Related Posts