Maqolalar

Germaniyada oʻqish uchun viza olish

Siz abiturient sifatida Germaniya universitetlarida oʻqishni tanladingiz va buning uchun viza olish jarayoni haqida bosh qotiryapsizmi? U holda bu maqola aynan siz uchun! Germaniya universitetlarida o’qish maqsadida viza olish uchun hujjatlaringizni elchixonaga Visametrik xizmatlaridan foydalanib topshirasiz. Eng birinchi qadam bu qabulga yozilish.  Qabulga yozilish uchun asosiy hujjatlaringiz oldindan tayyorlangan bo’lishini maslahat beramiz.

 Vizametrikning foydali jihati:

Visametrik Sizga viza uchun ariza topshirishda ko`maklashadi. Hujjatlaringizni birma-bir tekshirib qabul qiladi va ularni elchixonaga yuboradi. Elchixonada esa Sizning arizangiz ko`rib chiqiladi va viza berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qilinadi. Visametrik bu qarorning salbiy yoki ijobiy bo’lishiga ta’sir ko’rsatmaydi. Visametrik hujjatlarni tezroq topshirishga yordam beradi va kutish vaqtini kamaytiradi. Xizmat haqi 29,54 yevro bo’lib to’lov so’mda to’lanadi. Visametrik qabuliga yozilish bepul va onlayn amalga oshiriladi. (link) Hech qaysi sayyohlik agentligi va boshqa tashkilotlar Vizametrik kabi bunday vakolatga ega emaslar. Chunki elchixona faqat Visametrik bilan ishlaydi.

Ariza uchun asosiy hujjatlar:

  1. Milliy viza ariza blankasi 2 nusxada.
  2. Germaniya Federativ Respublikasi hududida istiqomat qilish shartlari haqidagi qonunning §54, 2-so’z boshi, 8-punkti hamda §53 ga muvofiq 2 nusxada imzolangan izoh.
  3. 3 dona olinganiga 6 oydan oshmagan biometrik fotosurat (3,5×4,5sm)
  4. Kamida bir yil amal qilish muddatiga ega xorijga chiqish pasporti va shaxsiy ma`lumotlar sahifasidan 2 dona nusxa

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:

Abiturientlar uchun viza:

  1. Oliy o´quv yurtida o´qishga ariza topshirganlik yoki talabgorlik haqida tasdiqnoma yoki UNI ASSISTning yakuniy xabari
  2. Akademik ta´lim va ish faoliyatini aks ettiruvchi jadval ko´rinishida tuzilgan tarjimai hol (nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan)
  3. Arizachi tomonidan mustaqil yozilgan va imzolangan, rejalashtirilgan o´qish haqida to’liq ma´lumotni aks ettiruvchi motivatsiya xati (nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan)
  4. O‘zbekistondagi akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar, shahodatmona, diplomlar, baholari ko´rsatilgan ilovalari
  5. Ishlayotgan bo´lsangiz, hozirgi ish beruvchidan tasdiqnoma
  6. Hozirga qadar ta‘lim olib boriladigan chet tilini bilishingizni tasdiqlovchi hujjatlar (nemis tili uchun odatda DSH yoki TestDaF, ingliz tili uchun IELTS sertifikati)

Tog`ridan to`g`ri universitetda o`qish uchun viza:

  1. Germaniyadagi oliy o´quv yurti yoki kollejga o‘qishga qabul qilinganlik haqida tasdiqnoma
  2. O‘zbekistondagi akademik natijalarni tasdiqlovchi hujjatlar, shahodatmona, diplomlar, baholari ko´rsatilgan ilovalari yoki ishlayotgan bo´lsangiz, hozirgi ish beruvchidan ma’lumotnoma
  3. Ta‘lim olib boriladigan chet tilini bilishingizni tasdiqlovchi hujjatlar (nemis tili uchun odatda DSH yoki TestDaF, ingliz tili uchun IELTS sertifikati)

Til kurslari uchun viza:

  1. Haftasiga kamida 18 ta dars soati mavjud bo’lgan til kursiga yozilganlik haqida hujjat va kursga to`lov qilinganligi haqidagi hujjat
  2. Ayni paytda til kursida o’qiyotganingizni tasdiqlovchi hujjat
  3. Maktabni tugatganlik haqida shahodatnoma yoki kollejni tamomlaganligi haqida diplom (ilovasi bilan)
  4. Ishlayotgan bo`lsangiz, hozirgi ish joyingizdan ma’lumotnoma
  5. Nemis tilini qay darajada egallaganligingiz to`g`risida hujjat
  6. Akademik ta’til va ish faoliyatingizni aks ettiruvchi jadval ko´rinishda tuzilgan tarjimai hol (nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi ham)
  7. Arizachi tomonidan mustaqil yozilgan va shaxsan imzolangan motivatsiya xati (nemis tiliga tarjima qilinib tasdiqlangan bo’lishi kerak). Ushbu motivatsiya xati o`zingiz haqingizdagi to`liq ma’lumot berishi va til kursidan so`ng to kasbiy faoliyatgacha bo`lgan rejalaringizni yoritgan bo`lishi lozim.
  8. Rejalashtirilgan til kursi uchun har oyda eng kamida 1027 yevro miqdorida pul ajrata olishini tasdiqlovchi moliyaviy hujjat

Moliyalashtirish:

Moliyashtirish haqidagi hujjat quyidagi shakllarda taqdim etilishi mumkin:

Abiturientlar maksimal 9 oy davomida Germaniyada bo’lish huquqiga ega. Bu muddat uchun ular bloklangan hisob raqamida minimal 9 243 Euro miqdoridagi mablag’ni ko’rsatishlari kerak.

Biror nemis ijtimoiy muassasasi tomonidan oyiga 1027 yevro miqdorida stipendiya ajratilishi haqida berilgan qaror yoki, Verpflichtungserklärung (Sug’urta) yoki, Germaniya banklaridan birida Sizning nomingizga ochilgan bloklangan hisob borligini tasdiqlovchi hujjat.

Germaniyaga kirishdan avval bloklangan hisob raqamini ochish:

Bloklangan xisob raqami bilan viza arizasini ko’rib chiqish jarayonida moliyaviy ta`minlanganingiz isbotlanadi. Unga bir yil uchun ajratilgan 8000-9000 yevro miqdorida mablagʻ qoʻyasiz va shuni oyiga taqsimlab olasiz.

Viza turidan kelib chiqib talab qilinadigan mablag‘ miqdori haqidagi tegishli ma’lumotni elchixonaning veb-sahifasidan topishingiz mumkin.  Bloklangan xisob raqamidan oyiga faqat ma`lum miqdordagina mablag‘ olsa boʻladi. Bloklangan xisob raqami qaysi muassasa uchun ochilgan bo’lsa, faqatgina shu muassasaning ruxsati bilan yopilishi mumkin. Bu holda elchixona yoki Germaniya hududiga kirgandan so’ng xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idora mas`ul. Xisob raqamini ochishni talab qilgan muassasa ushbu xisob raqamiga kirishga haqli emas.

Tibbiy sug’urta.

Ariza topshirishda talabalar/abituriyentlar/o‘qishga tayyorgarlik ko’radiganlar 6 oy muddatga rasmiylashtirilgan shaxsiy nemis tibbiy sug‘urta taqdim etishlari kerak.

Ba’zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Hujjatlar to’liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. Hujjatlarning to’liq emasligi viza arizasini ko´rib chiqilishi cho´zilishiga va rad javobiga sabab bo´ladi.

Back to list

Related Posts