Bu darajada o’quvchilar uzun va murakkab matnlarni bemalol tushunishlari va yashirin ma’nolarni anglashlari mumkin. Ular so’zlarni qidirmagan holatda ravon suhbat quradilar va chet tilidan o’zlarining ijtimoiy va kasbiy hayotlarida bemalol foydalana oladilar.
Bu daraja bilan Siz uchun Germaniya universitetlariga bakalavr va magistratura dasturlariga keng yo’llar ochiladi. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki Germaniya universitetlari boshqa davlatlarga nisbatan ko’proq grantlar ajratadi va 100% lik to’liq grantlar ham faqat Germaniyada. Buning uchun siz albatta nemis tilini o’rganishingiz lozim. Nemis tili o’qituvchilaridan ham hamma yerda eng kamida C1 darajani tamomlagan bo’lishlik talab qilinadi.