B1 darajadagi o’quvchilar voqea-hodisalar, tajribalar va o’z rejalari haqida fikrlarini izchil ifodalashlari mumkin. Keng tarqalgan mavzularda gap ketganda o’z qarorlarini asoslab bera oladilar. Adabiy tilda shaxsiy mavzularda, shuningdek ish, maktab, dam olish, sayohat va hokazo kabi tanish mavzulardagi suhbatlarda asosiy fikrni tushuna oladilar.
Bu darajani egallagan o’quvchilar Germaniyaga turizm, tish doktori assistenti, o’rta meditsina xodimi va boshqa koplab sohalarga Ausbildung yoki ish bilan borishlari mumkin.