ECL - Xalqaro tan olingan nemis tili sertifikatini qo'lga kiriting va maqsadlaringizga erishing!
ECL imtihoni European Consortium for the Certificate of Attainment in Modern Languages (Til Bilish Darajasini Tasdiqlovchi Yevropa Konsortsiumi) tashkiloti tomonidan olinadi.
ECL sertifikati bilan oson VISA oling!
Sertifikat ALTE akkreditatsiyasidan o`tgan va viza uchun hujjat topshirish jarayonida elchixona tomonidan qabul qilinadi. Bu haqidagi batafsil ma’lumot bilan Germaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytining ushbu havolasi orqali tanishishingiz mumkin. Imtihonlar bir yilda 6 marotaba ya’ni har ikki oyda bir marta oldindan tuzilgan qat’iy reja asosida tashkillashtiriladi. Ro`yxatdan o`tish imtihon sanasidan bir oy oldin yopiladi. Imtihon sanalari (2026) har yili ECL imtihon markazining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
ECL sertifikati haqida 7 ta fakt
- Chet tili darajasini tasdiqlovchi xalqaro, ishonchli va standard til sertifikati
- Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida tashkilotlar, universitetlar va til maktablari tomonidan tan olingan
- Imtihonning og`zaki va yozma qismlarini alohida topshirish imkoniyati mavjud
- Imtihon qog`ozlari European Consortium for the Certificate of Attainment in Modern Languages tashkiloti tomonidan har bir ariza topshirgan nomzodning nomiga chop etiladi va pochta orqali jo’natiladi
- Javoblar Yevropaning eng malakali mutaxassislari tomonidan tekshiriladi. Imtihon jarayoni videokuzatuv ostida shaffos bo’lib o’tadi
- Baholash tizimi mukammal ishlab chiqilgan bo’lib javoblar varaqasi bir-birdan mustaqil va bexabar bo’lgan 2 malakali mutaxassis tomonidan tekshiriladi va o’rtachasi hisoblanib yakuniy ball qo’yiladi.
- Muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlarga ECL til sertifikati yuboriladi
- Sertifikat muddatsiz amal qiladi
Nomzodlarni baholash mezonlari haqida
Nomzodlar barcha toʻrtta modulni (Lesen, Schreiben, Hören va Sprechen) qamrab oluvchi kompleks format yoki bu modullardan istalgan birini alohida tanlab modular formatdagi imtihonlar uchun roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Yanada batafsilroq ma’lumot olish uchun ushbu havolani bosing.
Har bir darajada 4 xil chet tili ko’nikmasi sinovdan o’tkaziladi:
- Leseverstehen (O’qib tushunish)
- Schreiben (Yozma nutq)
- Hörverstehen (Tinglab tushunish)
- Sprechen (Og`zaki nutq)
ECL imtixoni to’rtta til darajasi A2, B1, B2, C1 uchun topshiriladi. Bunda nomzodlarning kommunikativ til ko’nikmalari CEFR baholash mezonlari talabiga muvofiq baholanadi. Har bir modul uchun alohida baholash mezoni haqida ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.